O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan “Mediakommunikatsiya: til siyosati va madaniyat” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Tadbir avvalida, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Otabek Yusupovlar so’zga chiqib, milliy kontent, o’zbek tili masalasi davlat siyosati darajasida e’tirof etilayotgani xususida gapirib o’tdi.
Konferensiyada:
• Mediamahsulotlarni yaratishda bosma va elektron OAVning o’rni
• Medialingvistika ta’limida sotsiolingvistik va lingvomadaniy yondashuvlar
• Til taraqqiyoti masalalari
• Lingvistik tadqiqotlarning zamonaviy yo’nalishlari: dolzarb masala va istiqbollar
• Xorijiy til ta’limida innovatsion texnologiyalar masalalari ko’rib chiqildi.
Anjumanda O’zbekiston, Rossiya, Polsha, Hindiston va boshqa davlatlarning professor o’qituvchilari va soha mutaxasislari ishtirok etdi.