10-sentyabr  kuni O‘zDJTU ning Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor A.Nasirov hamda Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i X.Yuldashevlar  Malaysiyaning Lincoln University College vakillari bilan onlayn  muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar chet tillari, jurnalistika, turizm va boshqa turdosh yo‘nalishlarda hamkorlik qilish, xususan almashinuv dasturlarini amalga oshirish, ingliz tili o‘qituvchilari malakasini oshirish, yosh tadqiqotchilar stajirovkasini tashkillashtirish hamda boshqa ta’lim va fan sohalarida birgalikda ish olib borish bo‘yicha kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: Lincoln University College QS Osiyo Universitetlari reytingida 199-o‘rinni va THE reytingida  Ta’lim sifati bo‘yicha 32-o‘rinni, Malaysia oliygohlari orasida 6-o‘rinni egallab turibdi. Avstraliya va bir qator Afrika davlatlarida filiallariga ega. Mazkur universitet 200 ga yaqin ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va doktorlik dasturlarini taklif qiladi.  

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube