Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20 sentyabrdagi 03-RA 211-2654/37-son topshirig‘iga hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10-oktabrdagi 685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26-oktabr kunlari "Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi tomonidan tashkil etilgan hamkorlik haftaligi doirasida "Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiyaga O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining hamkori Jazoir-2 universiteti rektori Said Raxmani hamda Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti prorektori Buribayeva Maynura Abiltayevna ham taklif etilgan. Kunning ikkinchi yarmida mazkur universitet rektor hamda prorektorlari bilan O‘zDJTU uchrashuv tashkil etildi.