10-yanvar kuni O‘zDJTUga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri maslahatchisi, Turin politexnika instituti professori Marco Pirelli tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zDJTU tomonidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nosirov va boshqalar ishtirok etdi.

Unda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti italyan tili o‘qituvchilari uchun Italiyada qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkillashtirish, til sohiblarini o‘quv jarayonlariga jalb qilish hamda Italiyaning Ka-Foskari universiteti hamda O‘zDJTU o‘rtasida turizm yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Erasmus Capacity Bulding loyihasi ustida hamkorlikda ish olib borishga kelishildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube