O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Jeju provinsiyasida bo‘lib o‘tayotgan O‘rta Osiyo va Mo‘g‘uliston oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida Memorandum imzolash marosimi va amaliy seminarlar doirasida bir qator tashkilotlarga tashrif buyurdi. Xususan, delegatsiya Jeju shahri boshqaruv hokimiyatida bo‘lib, turli sohalarda amalga oshirilayotgan ishlanmalar, hududiy rivojlanish masalalari va ularning yechimlari bilan yaqindan tanishdi hamda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarida fikr almashdi.

 

 

Tashrif doirasida Jeju Milliy Universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish, nashriy faollikni oshirish, shuningdek professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Hamkorlik Memorandumi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bir guruh talabalari va o‘qituvchilari almashinuv dasturi asosida joriy yilning dekabr oyida Jeju Milliy Universitetiga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube