Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi

2026-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Transmilliy qo‘shma ta’lim dasturlarining rivojlanishi: O‘zDJTU tajribasi va xalqaro sifat kafolati tizimlari bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar” mavzusidagi 1-Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur anjuman universitetning Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tashkil etildi. Unda respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar, soha mutaxassislari hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Anjumanni O‘zDJTU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov ochib berdi. U o‘z nutqida bugungi kunda transmilliy va ikki diplomli ta’lim dasturlarini rivojlantirish oliy ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Shuningdek, xalqaro sifat kafolati mexanizmlarini joriy etish, o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda akademik mobillikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

 

 

Anjuman davomida transmilliy va qo‘shma ta’lim dasturlarining rivojlanish istiqbollari, xalqaro akkreditatsiya talablari, sifatni ta’minlash tizimlari hamda hamkorlik mexanizmlari yuzasidan ma’ruzalar tinglandi va fikr almashildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish va xalqaro akademik hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha amaliy takliflarni ilgari surdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube