O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda Yangi O‘zbekiston universiteti professori Dr. Michelle Bedeker doktorantura oldi tayyorgarlikning yangi modelini taqdim etdi.

 

 

Ma’ruzada doktorantlarni global ilmiy maydonga tayyorlash, ilmiy yozuv, tadqiqot metodologiyasi va akademik halollikni rivojlantirishga qaratilgan 60 ECTS kreditli tayyorlov bosqichi taklif qilindi.

Ushbu model oliy ta’limning yuqori bosqichlarida sifatni oshirish va xalqaro standartlarga mos ilmiy kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.                                                                 

 Professor shuningdek qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida doktorantura bosqichida ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladi.     

 

                                                                                                  

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube