Xitoylik talabalar bilan uchrashuv va universitet infratuzilmasi bilan tanishuv

 

16-may kuni Xitoy Milliy madaniyat markazi vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan xitoylik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan oldin mehmonlar universitetning sport majmuasi, oshxona, kutubxona, faol talabalar zali, ma’ruzalar zali hamda talabalar turar joyi kabi infratuzilma obyektlari bilan tanishdilar.

 

Markaz raisi Yan Yaoyun so‘zga chiqib, talabalarga madaniyatlararo aloqalarning ahamiyati, ta’limdagi imkoniyatlar va istiqboldagi loyihalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, O. Zaripov va A. Nasirov ham o‘z chiqishlarida talabalarga yaratilgan sharoitlar va til o‘rganish muhitini yaxshilash bo‘yicha reja hamda takliflar haqida so‘zladilar. Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham so‘zga chiqib, talabalarning ta’limdagi muvaffaqiyatlari va ularni qo‘llab-quvvatlash ahamiyati haqida fikr bildirdi.

 

Tadbir savol-javoblar tarzida davom etib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mutasaddilardan batafsil javob oldilar. Uchrashuvda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor V. Sadiyev, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda fakultet dekanlari ishtirok etdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube