“Xorijiy til” rus tili yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi
20-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” rus tili yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo‘lib o‘tdi. Himoya jarayoni attestatsiya komissiyasi oldida taqdimot shaklida tashkil etilib, yuqori tashkiliy va ilmiy saviyada o‘tkazildi.

Bitiruv malakaviy ishlar xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda til o‘rganishning innovatsion yondashuvlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tinglovchilar o‘z taqdimotlari orqali nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini professional darajada namoyish etdilar. Ishlar mazmunan dolzarb, amaliy jihatdan asosli va metodik jihatdan puxta ekanligi bilan ajralib turdi.
Attestatsiya komissiyasi a’zolari taqdim etilgan bitiruv ishlarini har tomonlama tahlil qilib, tinglovchilarning ilmiy yondashuvi, metodik yechimlari va taqdimot madaniyatiga alohida e’tibor qaratdilar hamda yakunda adolatli va xolis baholar berildi.
Mazkur tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, u tinglovchilarning o‘quv jarayonidagi faolligi, kasbiy rivojlanishga bo‘lgan intilishi va pedagogik salohiyatiga yuqori baho berdi.
