Ingliz filologiyasi fakulteti mas'ullari tomonidan Ikkinchi jahon urushi faxriysi holidan xabar olindi.

8-may kuni fakultet dekani G.Ergasheva boshchiligida dekan muovinlari, tyutorlar va talaba-yoshlar Toshkent shahar Uchtepa tuman "Birlik" MFYda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi veterani, mehnat faxriysi Anatoliy Burikin xonadoniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida urush faxriysi bolalik davrining qiyinchiliklari, ota-onadan erta yetim qolib, vatan himoyasida bo'lganliklari to'g'risida aytib berdilar.

Shuningdek, Anatoliy Burikin: "Yurtni seving, ardoqlang va unga har doim sadoqat bilan xizmat qiling!"— deya, yig'ilganlarga nasihat qildi.

So'ngida, Anatoliy Burikin va uning oila a'zolariga bayram munosabati bilan sovg'a-salomlar topshirildi.

2024-05-13 03-16

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi