Taʼlim muassasalarini 2023/2024-oʻquv yiliga tayyorligi hamda oʻquv jararyonini boshlanganlik holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida o'rganish olib bormoqda.
Ishchi guruh aʼzosi Аlijon Xoʻjaev tomonidan talabalar turar joylari, oʻquv auditoriyalari, kutubxona, faollar zali, oshxona va boshqa obʼektlarning talabalarga xizmat koʻrsatish uchun tayyorlik holati, taʼlim jarayonining oʻquv-meʼyoriy hujjatlarga muvofiq tashkil etilganligi hamda professor-oʻqituvchilarning ichki hujjatlari oʻrganildi.
Oʻrganish yakunlariga koʻra, mas'ullarga kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.