“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘”lari tashkil etildi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i” barpo etish marafoniga rasmiy start berildi.
Tantanali tadbirda Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari Akmal Savurboyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, shuningdek, 2000 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar ishtirok etdi.
Shu bilan birga, mamlakatning 14 hududidagi oliy ta’lim muassasalari onlayn tarzda tadbirga ulanib, ushbu xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Bahor mavsumida oliy ta’lim muassasalarida jami 648 ming tup daraxt ekish rejalashtirilgan!
15-mart kuni mamlakat bo‘ylab 30 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari ekilib, oliy ta’lim muassasalari hududida yangi yashil maydonlar tashkil etildi. Jizzax politexnika institutining 1,5 gektar hududida 1700 tup daraxt ekildi.