2024-yil O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarix sahifalariga yangi sahifa qo‘shildi. Universitetimiz birinchi marta GreenMetric xalqaro reytingining TOP-500 talik ro‘yxatiga kirdi! 

 

Bu yutuq nafaqat universitetimizning akademik salohiyati, balki barqaror rivojlanishga bo‘lgan sadoqati va ekologik tamoyillarni amaliyotga joriy etishdagi ilg‘or tashabbuslari natijasidir. Xalqaro universitetlarda yashil iqtisodiyot bilan bog‘liq mavjud holat va siyosat bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijalarini taqdim etuvchi bu reytingda O‘zDJTU mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari orasida eng yuqori natijalardan birini qayd etdi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yilni “Atrof-muhitni asrash va „yashil“ iqtisodiyot yili” deb e’lon qilish taklifi bilan uyg‘un holda, bu yutug‘imiz mazkur yilda universitetimiz uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.

Barcha professor-o‘qituvchilar, talaba va xodimlarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy qutlaymiz! Sizning mehnatingiz va sa’y-harakatlaringiz bilan universitetimiz global maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube