QO'SHMA TA'LIM DASTURLARI

 Biz haqimizda- Umumiy ma’lumot.

Kelajak yetakchilari uchun mo‘ljallangan nufuzli Qo‘shma Ta’lim Dasturimiz bilan ikki xalqaro diplomga ega bo‘ling va global sahnaga chiqing.

Ariza topshirish

Xalqaro qo‘shma dasturlar va bitiruvchilar muvaffaqiyati.

Biz xalqaro qo‘shma dasturlar orqali bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida talabalarni global muhitda muvaffaqiyatga tayyorlaymiz. Bitiruvchilar zamonaviy bozor talablariga mos, raqobatbardosh va yetakchi mutaxassislar bo‘lib yetishadi. Dasturimiz xalqaro talab asosida  tajribali ustozlar, fidokor jamoa va ikki universitet o‘rtasidagi samarali hamkorlikka asoslanib, sizga hayotingizni o‘zgartiruvchi noyob ta’lim tajribasini taqdim etadi.

Ariza topshirish

Qo‘shma Ta’lim Dasturidagi imkoniyatlar.

  • Ikki nufuzli universitet diplomi
  • Xalqaro darajadagi ta’lim va tajriba
  • Yetuk xorijiy professorlar bilan o‘qish
  • Global mehnat bozorida raqobatbardoshlik
  • Shaxsiy rivoj va professional o‘sish imkoniyati

Ariza topshirish

 

 Hamkor universitetlar (2024–2025 o‘quv yili)

Bakalavriat yo‘nalishlari:

Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ( 3+1)
Moskva Davlat Lingvistika Universiteti (Rossiya)
 Ariza topshirish


Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) ( 2+2)
Minsk Davlat Lingvistika Universiteti (Belarus)
 Ariza topshirish

Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy tili) ) ( 2+2)
Dalian Politexnika Universiteti (Xitoy) 
Ariza topshirish

 

Magistratura yo‘nalishlari:

Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz va rus tillari) ) ( 1+1)
Minsk Davlat Lingvistika Universiteti (Belarus) 
Ariza topshirish

 

Kutilayotgan hamkorlar:

Yevropa universitetlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya)
Osiyo universitetlari (Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya)

Dastur qanday ishlaydi?

  • Talabalar 4 yil davomida ikki mamlakatda o‘qish (2+2, 3+1 yoki 1+1 formatlar)
  • Darslar ikki universitetning akademik standartlari asosida olib boriladi

Bitiruvchilar quyidagilarga ega bo‘ladilar:

  • Ikki mamlakatdan ikkita bakalavr diplomi
  • Magistratura bosqichida ikkita diplom (2 yil davomida)
  • PhD bosqichida esa ikkita ilmiy malaka

Dastur afzalliklari

  • Xalqaro akkreditatsiyalangan o‘quv rejalari
  • Taniqli professorlar va xalqaro darajadagi o‘qituvchilar
  • Diplomlar ko‘plab mamlakatlarda tan olinadi
  • Global tadqiqot va keng karyera istiqbollari
  • Ko‘p madaniyatli, ko‘p tilli professional tajriba

Dasturga ariza topshirish

User Image
Qo'shma dasturlar (ingliz tilida)
User Image
Qo'shma dasturlar
User Image
Qo'shma dasturlar (rus tilida)
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube