Universitet va maktablar hamkorligi

 195-maktabda hamkorlik doirasida tashrif

2026-yil 23-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz tili nazariy aspektlari № 3 kafedrasi katta o‘qituvchisi Muxtashamova Parvina Zaxitovna Chilonzor tumani 195-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.



Tashrif davomida 6-sinf o‘quvchilari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishi o‘rganildi. Shuningdek, o‘quvchilarga English Club to‘garagi, uning maqsadi va faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Mazkur tashrif maktab va universitet hamkorligini mustahkamlash hamda o‘quvchilarning ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratildi. 

104-maktabda “Eng faol kitobxon” bellaşuvi bölib ötdi

Bugun, 28-oktabr kuni 104-sonli umumta’lim maktabida öquvçilar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş, kitobga bölgan qiziqiş va mehrni oşiriş maqsadida “Eng faol kitobxon” nomli ma’rifiy bellaşuv taşkil etildi.

Uşbu tadbir Ingliz tili birinçi fakulteti, Ingliz tilini öqitiş metodikasi №1 kafedrasi öqituvçisi Mohinbonu Mardonova tomonidan yuqori saviyada ötkazildi. Bellaşuvda maktabning 5-“J” sinf öquvçilari juda katta qiziqiş va yuqori tayyorgarlik bilan faol qatnaşdilar.

Tadbir davomida öquvçilar özlari sevib öqigan va mutolaa qilgan badiiy asarlari haqida atrofliça gapirib berişdi, qahramonlar timsoliga va asarlarning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida töxtalib ötdilar. Şuningdek, bellaşuv doirasida qizğin va mazmunli savol-javoblar ötkazildi. Unda öquvçilar nafaqat özlarining sevimli kitoblari böyiça berilgan savollarga, balki özbek va jahon adabiyoti durdonalari yuzasidan yöllangan savollarga ham izçil, mantiqiy hamda teran javoblar berib, özlarining dunyoqaraşi va bilim darajalarini namoyiş etişdi.

Bellaşuv yakunida faolligi, topqirligi va zukkoligi bilan ajralib turgan barça qatnaşçilar esdalik sovğalari bilan munosib taqdirlandilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube