Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi haqida ma'lumot
Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi oʻz faoliyatini Respublikamiz Prezidentining taʼlim toʻgʻrisidagi Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda universitet Kengashi meʼyoriy hujjatlariga asoslanib hamda “Taʼlim toʻgʻrisidagi Qonun”da koʻrsatilgan vazifalarga, taʼlimning sifat darajasiga alohida eʼtibor bergan holda olib bormoqda. Аrab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasidan ajralib chiqib, 2021 yil 26 avgustda tashkil topdi. Kafedra tashkil topgandan hozirgi kunga qadar K.S.Qodirova kafedraning barcha ustozlariga bosh bo’lib, ularni birlashtirib, kafedra ishlarini tashkillashtirib kelmoqdalar. Kafedra tarjimashunoslik masalalariga oid nazariy va amaliy faoliyatni yuritadi, tarjimashunoslik va tarjimon mahorati bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalarni amalga oshiradi, 60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) va 5120200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxassis tayyorlaydi. “Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi universitetda salohiyatli oʻrin tutadi. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yoʻnalishi qilib “Oʻzbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy jarayonlar, manbashunoslik, tarjimashunoslik va tarjima ilmiy-tadqiqot usullari” mavzusi belgilangan. Kafedrada olib borilayotgan barcha tadqiqot ishlari ushbu yoʻnalish doirasida olib borilmoqda.
Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. 2022-2023-yillar uchun tuzilgan ilmiy-uslubiy ishlar rejasi mavjud.
Kafedrada Qodirova K.S., Abullayev M. X., Ermatov U.K., Raximova Sh.M., Radjabova M.D., Xaitov I.R., Umarova N. A., Al Zubaydiy Axmad, Xelal Kadhom, Nabila Kandil , Umurzakova.A.U , Asomiddinova.G.A , Axmedova SH.I , Hayitova.J.J , Jumaniyozov.M.D, Ulug’murodov.A.Z, Irisov.B.A, Turopov.Sh, Yuldashev.B.K, Xasanov.I.X , Bayzakov.F.X, kabi professor-o’qituvchilar o’quv, o‘quv-uslubiy ilmiy tadqiqot, ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo’yicha faoliyat yuritadilar. Ulardan pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Qodirova K.S., adabiyot fanlari nomzodi, dotsent Ahmedova Sh. I., filogiya fanlari nomzodi, dotsent Abdullayev M.X. larning oʻquv-uslubiy ishlaridan kafedra aʼzolari oʻzlarining pedagogik faoliyatlari davomida samarali foydalanib kelmoqdalar.
Kafedrada og‘zaki va yozma hamda sinxron tarjima chuqur o‘rgatiladi. Talabalarni zamonaviy talablar asosida o‘qitish, ularning kasb mahoratini oshirish, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishlari uchun kafedrada zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan lingafon xonalari, sinxron tarjimaga mo‘ljallangan auditoriyalar ishlab turibdi.
Talabalar respublika miqyosida bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqalar, anjumanlar, festival va tadbirlarda tarjimon sifatida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Talabalar orasida Zulfiyaxonim mukofoti sovrindorlari, Navoiy va Prezident stipendiantlari va respublika olimpiadasi g‘oliblari mavjud.
Kafedrada chet el fuqarolari, ona tilisi sof arab bo’lgan tajribali o’qituvchilar ham talabalarga bilim ulashadilar. Hozirda ingliz-rus va ingliz-o‘zbek yo‘nalishlarida talabalarga sinxron tarjimadan saboq berib kelinmoqda.
Kafedra professor-oʻqituvchilari taʼlim-tarbiya ishini ilmiy-tadqiqot ishi bilan uzviy bogʻlagan holda olib bormoqdalar. Ular tomonidan soʻnggi yillarda oʻquv qoʻllanmalari va risolalar, koʻplab ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan respublika ilmiy jurnallarida, xalqaro konferensiyalarda, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida va universitet miqyosida oʻtkazilgan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi va O’mon Sultonligi Oliy ta’lim vazirligi o’rtasidagi 2009 yil 5 oktyabrda Masqatda imzolangan oliy ta’lim sohasida hamkorlik to’g’risida Anglashuv memorandumiga asoslanib O’mon Sultonligidagi Nizva universitetining taklifiga binoan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi 2022 yil 19 martdan 24 martgacha xizmat safarida bo’lib qaytdi. Bugungi kunda O’mon Sultonligida faoliyat olib borayotgan universitetlar orasida Sulton Qobus universiteti 1-o’rinni, Nizwa universiteti 2-o’rinni egallaydi.Sulton Qobus universiteti “QS World University Rankings” xalqaro reytingida 368-o’rinda turadi. Nizwa universiteti bilan universitetlararo ikki tomonlama hamkorlik haqida shartnoma imzolash bo’yicha kelishuvga erishildi:
•Filologiya va metodika fanlari bo’yicha ilmiy tadqiqotlarga rahbarlik, opponentlik, taqrizlar berish.
•Xorijiy mutaxassislarni taklif qilish.
•Arab tili o’qituvchilari malakasini oshirish.
•Talabalar almashuvini amalga oshirish.
•Mutaxassislarning onlayn dars o’tishi.
Sulton Qobus universiteti bilan universitetlararo ikki tomonlama hamkorlik haqida shartnoma imzolash bo’yicha kelishuvga erishildi:
•Mutaxassislarning onlayn dars o’tishi.
•Xorijiy mutaxassislarni taklif qilish.
•Arab tili o’qituvchilari malakasini oshirish.
•Talabalar almashuvini amalga oshirish.
Kafedra professor-oʻqituvchilari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi malaka oshirish markazida oʻz malakalarini malakalarini oshirib kelmoqdalar.
Kafedra aʼzolari maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tarbiyaning hozirgi dolzarb masalalari, eng muhimi talabalarni Vatanga muhabbat ruhida, yuksak maʼnaviyatli shaxs etib tarbiyalash bilan bogʻliq masalalarni oʻzida ifodalagan holda olib bormoqdalar.
Umuman, “Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi aʼzolari universitetda olib borilayotgan taʼlim sifatini oshirish, oʻquv-tarbiya, ilmiy-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni takomillashtirish jarayonida faol qatnashmoqda. Biroq, hali oldinda qilinishi lozim boʻlgan va oʻz yechimini kutayotgan muhim va dolzarb masalalar turibdi. Ularni amalga oshirishda kafedraning har bir aʼzosi astoydil mehnat qilishi, oʻz ustida muttasil izlanishlar olib borishi, bajarayotgan ishiga nisbatan masʼuliyat his qilishi talab etiladi. Aytish mumkinki, ushbu yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun kafedra aʼzolarining imkoniyatlari yetarli va ular bu imkoniyatlardan unumli foydalanadilar.