Koreys filologiyasi fakulteti
Kafedra mudiri: Bobomurotova Sadoqat Mirzayevna
Qabul vaqti: Dushanba~Juma 10:00~12:00
Telefon: +998 99 820 17 44
E-mail: sadoqatbobomurotova@mail.ru
Kafedra tarixi: Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 1995 yildan Koreys tili Ikkinchi chet tili sifatida oʻqitila boshlangan. 2017-2018 oʻquv yilidan boshlab Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida “Filologiya va tillarni oʻqitish” (koreys tili) yoʻnalishi alohida mutaxassilik sifatida ochilib, 1, 2 va 3-kurs oʻzbek va rus guruhlarida jami 200 nafar talaba tahsil olgan. 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Sharq filologiyasi fakulteti negizida Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi ham shu fakultet tarkibiga kiritildi.
Filologiya va tillarni oʻqitish (Koreys tili) yoʻnalishida 2021-2022 oʻquv yili 4-bosqichda 492 nafar, 2022-2023 oʻquv yilida 3-bosqichida 670 nafar, 2023-2024 oʻquv yilida 361 nafar, 2023-2024 oʻquv yilida 820 nafar talaba tahsil olgan. Bugungi kunda 847 nafar bakalabriatda, 29 nafar magistraturada koreys tilini oʻrganmoqda.Bundan tashqari universitet miqyosida 200 nafardan ortiq talaba Koreys tilini Ikkinchi chet tili sifatida katta qiziqish bilan oʻrganib kelmoqdalar.
Kafedra joylashgan bino: Toshkent shahar Uchtepa tumani Zakovat ko`chasi 4-uy;
Kafedra tarkibi: 24 nafar mahalliy oʻqituvchi-professorlar hamda 8 nafar koreyalik mutaxassislar, KOICA xalqaro-hamkorlik tashkilotining 16 nafar volonytorlari faoliyat yuritib kelmoqdalar.
Ilmiy faoliyati: Ilgari universitetimizda f.f.n. dotsent Pak V.I., f.f.n., dotsent Ten Yu.P., katta oʻqituvchi Xamidova S. kabi professional oʻqituvchilar, shuningdek, Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA) tomonidan jalb etilgan koʻngilli oʻqituvchilar: Park Yong In, Pek Min Hee Yong, Shin Mi Gyong, Lee Nan Yong kabilar muvaffaqiyatli faoliyat olib borishgan, koreyalik mutaxassislar: Pek Keum Nan, Seol Von Te, Jungbu universitetidan stajyor Kim Dae-yong kabilar faoliyat yuritishgan. Kafedraga chet ellik mutaxassislarni jalb etish tizimli ravishda yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, Janubiy Koreya davlatidan har yili malakali mutaxassislar jalb qilinadi. Janubiy Koreyaning KTeachers uyushmasi, Sunchon universiteti, KOICA halqaro-hamkorlik tashkiloti, Korea Foundation halqaro hamkorlik tashkiloti, Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Mazkur hamkorliklar doirasida muntazam ravishda onlayn malaka oshirish, yozgi ta’til mobaydnida kafedra ustozlari uchun yozgi trening, Janubiy Koreyada malaka oshirish, ilmiy faoliyat stipendiyasi yoʻlga qoʻyilgan
Kafedrada faoliyat olib boradiga mahalliy professor-oʻqituvchilar: Bobomurotova Sadoqat, Maxmatqulova Yayra, Xujayeva Oʻgʻiloy, Azimova Parizod, Haydarov Jasur, Sherov Rasul, Axmedov Oʻktam, Sobirov Elbek, Sagatova Muhabbat, Salimova Sabina, Toʻrayeva Feruza, Aliqulova Feruza, Sa’dullayeva Ozoda, Toshturdiyeva Shoxista, Abdiyeva Iroda Normurotovna, Akbarov Azamat Adxamjonovich, Atajonov Eldor Xamza oʻgʻli, Azimova Nigora Axmat qizi, Kim Olga Anatolevna, Mamirjonova Mohichehra Ulugʻbek qizi, Muhitdinova Fotima Zaynullayevna, Rashidova Manzura Baxtiyorovna, Rojiboyev Ilhomjon Gʻayratjon oʻgʻli, Saidov Islombek Valijon oʻgʻli kabi oʻqituvchilar professor-oʻqituvchilar faoliyat olib bormoqdalar.
Kafedrada faoliyat olib boradiga xorijlik professor-oʻqituvchilar: Na Sahm Il, Yun Nan Ju, Yoon DongKyeon, Li Ji Won, Kim Kyon Ae, Na Jongib, Park Jeong Ju, Choi Seong Hoon.
Shu kungacha mahalliy koreys tili oʻqituvchilari KOICA xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda koreys tilini oʻzbek tili yordamida oʻrganayotgan oʻquvchilar uchun “Koreys tili darsligi”ning birinchi va ikkinchi qismlarini tayyorlab nashr ettirdi. KOICA tashkilotlari koʻmagida “Oʻzbek xalq ertaklari” kitobi ham koreys tiliga tarjima qilindi. Kafedra professor-oʻqituvchilari Sobirov Elbek Davron oʻg’li, Maxmatqulova Yayra Qudratovna, Bobomurodova Sadoqat Mirzayevna, Sherov Rasul Ravshanovich, Azimova Parizod Azamat qizi, Xoʻjaeva Ugiloy Tagoymurotovna tomonidan “Mamlakatshunoslik ” , “TOPIK insholar toʻplami” nomli oʻquv qoʻllanma nashr qilingan.
Ma’naviy faoliyat: Koreys yoʻnalishidagi talabalar nafaqat tilni balki koreya madaniyati, urf-odatlari bilan ham yaqindan tanishadilar. Har yili Koreya elchixonasi tomonidan oʻtkaziladigan madaniyat kunlari boʻlib oʻtadi, Koreya kino haftaligi, koreya milliy taomlarini tayyorlash musobaqasi, K-POP raqslari kabilar shular jumlasidandir. Ushbu haftalik tadbirlarda talabalar faol qatnashadilar. Shuningdek Koreya madaniyat markazi tomonidan KIMCHI festivali ham doimiy oʻtkazilib unda talabalar oʻzlari kimchini toʻgʻridan-toʻgʻri tayyorlab koʻrish imkoniyatidan foydalanishadi.
Universutetimizda koreya milliy bayramlari chusok (hosil bayrami), Hangil nal(alifbo yaratilgan kun) tadbirlari uyishtiriladi.Kafedra ustoz murabbiylari sport maydonida KIMCHI va Hattotlik darslarini festival tarzida tashkillashtirishdi. Koreya madaniyatini oʻrgatish maqsadida ochiq darslar, koreya milliy kiyimlari, milliy raqslarini ham oʻrgatishadi.
Kafedraning hamkor tashkilotlari: Uchtepa tumanidagi 283-oʻrta taʼlim maktabi, Chilonzor tumanidagi 162-oʻrta taʼlim maktabi, Shayxontohur tumanidagi 84- oʻrta taʼlim maktabi, Sergeli tumanidagi 104-maktabi.
Kafedraning xalqaro hamkorlari: KOICA, KF, Korean Education Center in Tashkent, Keimyung university, Duksung women’s university, Soong-sil university, Suncheon university, DongMyong university, Chung-Ang university, Busan university of Foreign Studies, Joongbu University, Seoul Education University, Chonnam university, Jeonbuk University.
Har yili 15 nafar professor-oʻqituvchi va15 nafar talaba stajirovkaga joʻnatilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Kafedraning ustuvor yoʻnalishi: Koreys tili ta’limi, Koreya madaniyati tajribasi, Xalqaro aloqalar
Kafedraning oʻqitiladigan fanlar: Xorijiy sharq tili, Mamalakatshunoslik, Oʻqish va yozish amaliyoti, Ogʻzaki nutq amaliyoti, Sharq tilini oʻqitish metodikasi, Oʻrganilayotgan mamlakat adabiyoti, Oʻrganilayotgan mamlakat tarixi, Tinglab tushunishni takomillashtirish, Tarjima asoslari, Asosiy sharq tili, Ommaviy axborot tili, Sinxron tarjima, Asosiy sharq tili nazariyasi
Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishi: Filologiya tillarni oʻqitish koreys tili yoʻnalishida kunduzgi va kechki ta’lim mavjud bo`lib unda jami 847 nafar talaba tahsil oladi.
Magistratura mutaxassisliklari: Lingvistika koreys tili magistr yoʻnalishi mavjud bo`lib, 29 nafar talaba tahsil oladi.
Kafedra yutuqlari: Kafedramiz talabalari Janubiy Koreya hukumati tomonidan har yili oʻtkaziladigan nufuzli musobaqalarda faol ishtirok etib, yaxshi natijalarga erishishmoqda. Joriy o`quv yilining ikkinchi yarmida 6 nafar talaba GKS granti sohibi bo`lishdi, 2019-yilda Koreya boʻyicha viktorinaning Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 3-bosqich talabasi Qahramonova Hamidaxon tanlovning Seul shahrida boʻlib oʻtgan final bosqichida ham birinchi oʻrinni egalladi. 2021-yilda Muzaffarov Zafarjon Muzaffarovich “QUIZ ON KOREA” viktorinasida Osiyo davlatlari orasida 1-oʻrinni egalladi. Bundan tashqari, Samadova Muattar, Noila Ahrarova, Jahongir Yoqubov, Elyor Qodirov, Ibratbek Khadjiyev, Abdullaeva Nilufar kabi 30 dan ortiq bitiruvchilar Janubiy Koreyada magistratura va doktoranturada tahsil olmoqda. Umarov Abdulaziz Janubiy Koreyada doktorlik ilmiy darajasini olib Amity Universityda faoliyat olib bormoqda. 14-21-oktabr kunlari KOICA ning “Toshkentda Koreys madaniyati boʻyicha loyihaviy koʻngillilar dasturi” loyihasining menejer tashkiloti sifatida tanlab olingan KIDC tashkilotidan Kim Bok-Hee xonim (Loyiha bosh menejeri) boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif davomida delegatsiya KOICA Oʻzbekiston Vakolatxonasi direktori Shin Myung Seop janoblari, OʻzDJTU rektori va Maktab direktori bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi.Loyiha qiymati 1.12mln dollar boʻlib 2.5 yil davomida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent shahridagi 81-Maktab Va 283-Maktabda Koreys tili ta’limi va madaniyati bilan tanishtirish, Koreys madaniyat markazi qurishi, Taekwondo, K-pop va Samulnori toʻgaraklari yoʻlga qoʻyiladi. 2024-2025 oʻquv yilida 2 nafar talaba xalqaro sovrin gʻolibi boʻlgan: Xalqaro Insho tanlovi Rustamova Durdona 1 oʻrinni hamda Samiyeva Setora 3-oʻrin gʻolibi boʻlgan. 2 nafar oʻqituvchi Korea foundation stipendiyasi gʻolibi boʻlgan. 9 nafar talaba Janubiy Koreya universitetlariga 100%lik GKS magistratura granti yutgan(Respublika boʻyicha eng koʻp) , 10 nafar oʻqituvchi Sunchon universiteti malaka oshirish granti yurib olingan. 20 nafar oʻqituvchi KOICA seminar-trening grantini yutgan.
Kafedra professor oʻqituvchilari tomonidan begʻaraz yordam va kafedra stipendiyasi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, 2024-2025 oʻquv yilida 1nafar talabaning oʻquv kontrakt puli toʻlab berildi. 2 nafar talabaga a'lo baholar va jamoat ishlarida faolligi uchun kafedra stipendiyasi va 6 oylik TOPIK kursiga yoʻllanma taqdim etildi.