Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi tarixi:
1935-1948: Nizmoiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti chet tillar fakulteti tarkibida Nemis tili yo’nalishi
1948-1992: Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti tarkibida Nemis tili fakulteti,
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. A.Karimovning 1992-yil 12-maydagi “Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 401-son Farmoniga asosan “Respublika Rus tili va adabiyoti instituti” hamda “Toshkent chet tillari pedagogika instituti”ning birlashtirilishi orqali tashkil qilinib, 1992 yildan Oʻzbeksiton davlat jahon tillari universiteti nemis tili filologiyasi fakulteti boʻlib qayta nomlandi.
2013-yildan hozirgacha: O’zbekiston davlat Jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti tarkibida “Nemis tili nazariyasi va amaliyoti “ kafedrasida faoliyat yuritib kelgan. 2021 yilga kelib “Nemis tili amaliy fanlar“ kafedrasi nomi bilan ajralib chiqdi va shu kunga qadar muvaffaqiyat bilan faoliyat olib borayapdi. Hozirgi kunda ushbu kafedrada 30 ga yaqin professor o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Eng quvonarli jihati shundaki, aksariyat professor-o’qituvchilar: G.Kinjaeva, D.Nurmatov, B.Barno, Sh.Xolmatov, M.Madazimova, D.Nurmatov, kabi ustoz professor–o’qituvchilar va shu bilan birga iqtidorliy umidliy yosh o’qituvchilar B.K.DJURAXOLOVA ,S.Norboboyeva, M.S.Majidova , L.Xusinova kabi mamlakatda eʼtirof etilgan va o’z shohasida katta tajribaga ega bo’lgan, Germaniya mamlakatida bir necha bor malaka oshirib kelishgan,o’z sohasini fidoylari kafedrada faoliyat yuritib kelayapdidi.
Shu bilan birga hozirgi kunga kelib kafedrani deyarli barcha professor-o’qituvchilari xalqaro yoki unga tenglashtirilgan C1 sertifikatiga ega.
Kafedra qoshida Oʻzbeksiton nemis tili oʻqituvchilarini birlashtiradigan va ular faoliyatini muvofiqlashtiradigan Oʻzbekiston nemis tili oʻqituvchilari assotsiatsiyasi mavjud. Bu assotsiatsiya Oʻzbeksitonning turli oʻrta va oliy oʻquv yurtlarida ish boshlagan yosh nemis tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish seminarlari tashkil etib kelaypdi.