O‘zbek tili va adabiyoti  kafedrasi

Kafedra mudiri: SALISHEVA ZILOLA ISMAILOVNA

Qabul vaqtlariseshanba-juma (14:00 - 16:00)

Tel.: +998909701019

E-mail: salisheva_z@mail.ru

Kafedra joylashgan bino - Bosh bino 320-xona

Kafedra tarixi: O‘zDJTUning o‘zbek tili kafedrasi o‘z faoliyatini
1960- yildan Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti qoshida “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi sifatida boshlagan. 1992-yili Toshkent davlat chet tillar pedagogika instituti bilan Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika instituti birlashib, O‘zDJTU tashkil etilgan. 1993-yilda f.f.n., dotsent S.Soliyev mudirligidagi “Qiyosiy grammatika” kafedrasi, f.f.n. Z.Soliyeva mudirligidagi “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi hamda f.f.n., dotsent A.Mamatov rahbarligidagi “O‘zbek tili” kafedralari birlashtirilib, universitet bo‘yicha yagona “O‘zbek tili“ kafedrasi tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 noyabrdagi 87-04-2665- sonli xatiga muvofiq O‘zDJTUda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “O‘zbek tili” kafedrasi nomi “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasiga o‘zgartirildi. Kafedraga 1993-2001-yillarda f.f.n., dotsent A.Mamatov, 2001-2012- yillarda p.f.n., dotsent X.Muxitdinova, 2012-2015-yillarda f.f.n., dotsent N.Jiyanova, 2015-yildan esa falsafa fanlari doktori, dotsent Z.Salisheva rahbarlik qilib kelmoqda.

Kafedra tarkibi:

Hozirda O‘zbek tili va adabiyoti  kafedrasida asosiy shtatda 18 ta va o’rindoshlik asosida 2 ta professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

 

  1. Salisheva Zilola - kafedra mudiri, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD
  2. Jiyanova Nazokat -  f.f.n., dotsent
  3. Maksumova Saida -  f.f.n., dotsent
  4. Muminova Aydin -  f.f.n., dotsent
  5. Avlakulov Yashnarbek -  f.f.n., dotsent
  6. Qarayeva Beg‘am --  p.f.n., dotsent
  7. Sharipova Munira – filolofiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
  8. Po’latova Dilfuza - katta o’qituvchi
  9. Usmonova Zamira - katta o’qituvchi
  10. Zoitova Shohista - katta o’qituvchi
  11. Sharipov Zikiryo - katta o’qituvchi
  12. Fozilova Mohigul - o’qituvchi
  13. Nazarov Qobil – stajor o’qituvchi
  14. Abdunazarov Otabek – stajor o’qituvchi
  15. Nasirdinova Oydiniso – stajor o’qituvchi
  16. Eshanqulov Dilmurod – stajor o’qituvchi
  17. Ochildiyeva Farangiz – stajor o’qituvchi
  18. Jarkinova Tursunoy – stajor o’qituvchi

Kafedraning asosiy maqsadi: Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ustuvor vazifalarini taʼminlash doirasida zamon talablariga javob beruvchi va jahon andozalariga mos yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedraning asosiy vazifalari quyidagilardan  iborat:

  • oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan amaliy va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni yuksak uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
  • talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli va shaffof baholash;
  • talabalarning bilim va ko‘nikmalarini amaliyot bilan bog‘lash uchun shart-sharoit yaratish;
  • kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlari, sillabus va kalendar rejalarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan o‘quv dasturlarini muhokama qilish;
  • darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
  • nodavlat taʼlim muassasalari buyurtmalari bo‘yicha zaruriy o‘quv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlashda ishtirok etish;
  • iqtidorli talabalar bilan ishlash, ularni fan olimpiadalariga, turli tanlovlarga tayyorlash, ilmiy izlanishlar olib borishi va mustaqil taʼlim olishining shakl va uslublarini takomillashtirish;
  • kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
  • tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
  • taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvini taʼminlash;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ustoz-shogird ishlari bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  • mahoratli professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

1. O‘zbek  tili:

60111700-O‘zga tilli guruhlarda rus tili

60230100-Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)

60230200 -Tarjima nazariyasi va amaliyoti (roman-german tillari)

60230200 -Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari)

61010500 - Gid hamrohligi va tarjima faoliyati

60111800-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

60230400-Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili) 

 2. O‘zbek tilining amaliy uslubiyati

60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha) (1-kurs)

60230400-Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik ta’minoti (ingliz tili) 

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo'yicha) (4-kurs)

5120100 – Filologiya va tillarni o'qitish (roman-german filologiyasi) (4-kurs)

5112200 – Maktabgacha ta'limda xorijiy til (tillar bo'yicha) (4-kurs)

3. Hozirgi o‘zbek adabiy tili

Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili) (2-kurs)

4. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi

O‘zga tilli guruhlarda rus tili

Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha)

 

Kafedraning ilmiy yo‘nalishi:

O‘zbek  tili  kafedrasida  rejalashtirilgan  ilmiy-tadqiqot  ishlari  hozirgi zamon o‘zbek  tilshunosligining  nazariy  masalalari, neyrolingvistika,  milliy  va  rusiyzabon  guruhlarda  o‘zbek  tili va adabiyotini o‘qitish  metodikasi, leksikografiya  va  terminologiya  masalalari kabi yo‘nalishlarda  olib  borilmoqda. Ayni paytda kafedrada 20 nafar professor-o’qituvchi faoliyat olib bormoqda, shulardan, 18 nafari asosiy tarkibda: 7 nafar dotsent, fan nomzodi, 5 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar stajyor va 2 nafar o‘rindosh o‘qituvchi.

 

2020-2022-o‘quv yili bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilarning  ilmiy-salohiyati:

O‘quv yillari

O‘qituvchilar soni

Shulardan

 

Fan dokt., prof.

Fan nomz.

dotsent

Katta o‘qituvchi

O‘qi-tuvchi

Ilmiy salohi-yat

1.

 2019-2020

13

 

6

7

-

46%

2.

2020-2021

14

 

7

6

1

50%

3.

2021-2022

18

 

7

5

6

40%

 

Ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda kafedraning har bir a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra yig‘ilishlarida muhokama etilmoqda.

Kafedraning xalqaro hamkorligi:                                                          

  1. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti
  2. Moskva  davlat lingvistika universiteti
  3. Rostov-don shahridagi Janubiy federal universiteti
  4. Pekin chet tillari  universiteti

Kafedra yutuqlari:

2019-2022-yillarda kafedra o‘qituvchilari: N.Jiyanova, A.Mo‘minova, S.Maqsumova, Y.Avlaqulov, Z.Salishevalar dotsent ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldilar.

Kafedra dotsenti B.Qorayeva (2010-h.v.)  Moskva davlat  lingvistika  universitetida  o‘zbek  tili  bo‘limida  faoliyat  yuritmoqda.

Kafedra katta o'qituvchisi M.Sharipova 2019-yil O'zMUga mustaqil tadqiqotchilikka qabul qilinib, 2021-yil noyabr oyida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Moskva davlat lingvistika universitetida, MDU qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida, Rostov-Don shahridagi Janubiy federal universitetida o‘zbek tili markazlari ochildi va kafedra o‘zbek tilini o‘qitishda uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Kafedra dotsenti Qoraeva B. (2010-yildan hozirgacha) MDLU Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar instituti siyosatshunoslik fakulteti talabalariga o‘zbek tilidan dars bermoqda.

Kafedra dotsenti Z.Salisheva va katta o‘qituvchi Z.Usmonovalar Rostov-Don shahridagi Janubiy federal universiteti qoshidagi O‘zbekiston-Rossiya ta’lim, til va madaniyat markazining ochilishida ishtirok etdilar. Ular o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek madaniyati va san’ati bo‘yicha ma’ruzalar, ochiq darslar, mahorat darslari o‘tkazdilar.

Kafedra   2019-yildan buyon O‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan “O‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘rganish hamda o‘qitishning zamonaviy tendensiyalari” (Современная тенденция преподавания и изучения узбекского языка как государственного и как иностранного) mavzusida  Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman (onlayn/oflayn) tashkilotchisi bo‘lib kelmoqda va respublika miqyosida “Istiqlol va til” davriy ilmiy maqolalar  to‘plami chop etib kelinmoqda.

 2021-yilda kafedra dotsenti Z.Salisheva “O‘zbek tilini o‘qitishning eng yaxshi metodikasi” respublika ilmiy-ijodiy ishlar tanlovining hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi.

Kafedra 2022-yilda o‘zbek tilidan savodxonlik sinovi bo‘yicha “Mahallada duv-duv gap” loyihasi tashkilotchisi sifatida faoliyat yuritdi.

Pedagogika fanlari nomzodi, dots. B.Qarayevaning “O'zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o'qitishda nutq madaniyatini shakllantirshning nazariyasi va amaliyoti” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi (DSc) himoyaga qabul qilindi.   Kata o‘qituvchi Fozilova Mohigul Farxodovnaning   “Epik asarlarni o‘quvchilarga qiyoslab o‘rganish malakasini shakllantirish” (hikoyalar misolida) mavzusida professor R.Niyozmetova rahbarligida dissertatsiya ishi himoyaga qabul qilindi. 

Stajor-o’qituvchilardan Q.Nazarov, O.Nasriddinova, O.Abdunazarov, D.Eshanqulovlar mustaqil tadqiqotchilikka hujjat tayyorlamoqda, ilmiy ish mavzulari va rahbarlari tasdiqlandi.

Kafedra dotsenti Ya.Avlakulov, falsafa fanlari doktori Z.Salisheva, katta o’qituvchi Z.Usmonovalar “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasida hamda kafedra dotsenti N.Jiyanova Mudofaa vazirligi AKT va aloqalari harbiy institutining “Erudit” shifri bo‘yicha № 201 innovatsion loyihasida ishtirok etishmoqda.

2020-yil 26-fevralda Moskva davlat lingvistika universitetida o‘tkazilgan “Царь, поэт, ученый, незаурядная личность: Захир ад-дин Мухаммад Бабур» hamda 2020- yil 28- fevralda  Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari institutida tashkil etilgan «Интеллектуальное наследие Захириддина Мухаммада Бабура и современность»  nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda kafedraprofessor-o‘qituvchilaridan Z.Salisheva, Ya.Avlakulov, D.Po‘latova va Z.Usmonovalar  o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi, boshqa professor-o‘qituvchilarning maqolalari konferensiya to‘plamida nashr etildi. Ajuman doirasida kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan Moskva davlat universiteti dotsenti D.Jigulskaya bilan hamkorlikda xorijlik talabalar uchun tayyorlanayotgan “O'zbek tili” o'quv qo'llanmasi taqdimoti bo'lib o'tdi. Tashrif davomida rossiyalik talabalarga master-klasslar tashkil qilindi.

Ya.I.Avlakulovning ilmiy rahbarligida O'zbekiston Respublikasi o'zbek tili (umumkasbiy) fani bo'yicha respublika fan olimpiadasida talabalar har yili fahrli o'rinlarni egallab kelishmoqda, 2019-yilda Muhammadxon Olim o'g'li Yusupov III darajali diplom bilan, 2020-yilda Munojat Oqil qizi Orifjonova III darajali diplom bilan taqdirlandi.(Diplom nusxalari ilova qilinadi).

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan  7 ta darslik (respublika va xorijiy OTM talabalari uchun), 4 ta o‘quv qo‘llanma chop etilgan. Pekin chet tillar instituti bilan hamkorlikda “O‘zbek tili” darsligi ham chop etildi.

2022-yilda kafedrada 2 ta monografiya (dotsent Ya.Avlaqulov; dotsent B.Qoraeva) nashr etilgan. Hozirgi kunda hammualliflikda (O‘zMU professori X.Boltaboyev, kafedra dotsenti M.Sharipova), “Shaiboniy devoni” nashrga tayyorlanmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Turkiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy izlanishlari natijalarini yirik ilmiy davriy nashrlarda, shuningdek, Scopus va Web of Science jurnallarida e’lon qiladilar.

Kafedra professor-o‘qituvchilaridan dotsent Ya.Avlakulov, falsafa fanlari doktori Z.Salisheva, katta o’qituvchi Z.Usmonovalar respublika miqyosida “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” amaliy loyihasi bilan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari o’rtasida o’tkazilgan “Ona tili – millat g’ururi” ilmiy-ijodiy ishlar respublika tanlovida qatnashib, “Eng yaxshi dasturiy mahsulot va ishlanmalar” yo’nalishida 1-o’rinni egalladi. 

Iqtidorli  yoshlarning an'anaviy ilmiy-amaliy konferentsiyalarda faol ishtirokini ta'minlab, ularning ilmiy salohiyatini oshirishda o'z hissasini qo'shib kelmoqda. Har yili talabalarning ijodiy ishlarini “Izlanish va ijod” to'plamida nashr ettirishda  yaqindan ko'mak beradi.

Respublika OTMlarida himoya qilinadigan dissertatsiyalarga, Muvofiqlashtiruvchi kengashning ona tili va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv-uslubiy komissiyasi tomonidan beriladigan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarga ekspert xulosalari, taqrizlar beriladi.Kafedra tomonidan har yili “Istiqlol va til” nomida republika-ilmiy amaliy konferensiya o’tkaziladi va konferensiya materiallari to’plam  holida har yili nashr qilinadi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube