O‘zbekiston tarixi kafedrasi haqida

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi o‘z faoliyatini Respublikamiz Prezidentining ta’lim to‘g‘risidagi Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda universitet Ilmiy Kengashi me’yoriy hujjatlariga asoslanib hamda “Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun” va Respublikada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida ko‘rsatilgan vazifalarga, ta’limning sifat darajasiga alohida e’tibor bergan holda olib bormoqda.

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi dastlab o‘z faoliyatini sobiq Toshkent davlat chet tillar pedagogika institutida 1948 yildan boshlagan. Kafedrani 1978-1999 yillarda tarix fanlari doktori, professor Jasuzaq Qalimbetov boshqargan. “O‘zbekiston tarixi” kafedrasiga 1999 yil sentyabr oyidan to 2012 yil may oyiga qadar tarix fanlari doktori, professor Bobojonova Dilorom Bobojonovna rahbarlik qilib keldi. Kafedraga 2012 yil may oyidan 2013 yil avgustigacha tarix fanlari nomzodi Bahodir Nig‘matullayevich Isoqov rahbarlik qilgan bo‘lsa, 2013-2014 o‘quv yilida tarix fanlari nomzodi, dosent Nilufar Dalibayevna Djurayeva  boshqarmoqda. 

“O‘zbekiston tarixi” kafedrasi universitetda salohiyatli o‘rin tutadi. Kafedraning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi qilib “O‘zbekiston tarixining jahon sivilizasiyasidagi o‘rni” mavzusi belgilangan. Kafedrada olib borilayotgan barcha tadqiqot ishlari ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda.

So‘nggi yillar ichida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi a’zolari orasidan yiliga muntazam ravishda fan nomzodlari yetishib chiqib, respublikamiz ilmiy salohiyatiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Ularning asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. 2000 yilda O.Masaliyeva, 2001 yilda M.Tojiboyev, 2002 yilda S.Saburova, 2003 yilda S.Davletov, 2004 yilda N.Djurayeva, 2005 yilda S.Mahkamov, 2008 yilda N.Bobojonova va 2010 yilda B.N.Isoqov kabilar tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasiga, 2020 yilda N.O.Toliboyeva tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, kafedraga biriktirilgan tadqiqotchilardan 2008 yilda  D.Sobirova (AnDU), 2009 yilda L.M.Sobirova (O‘zteleradiokompaniya), 2011 yilda O.O.Shixov (UrDU) nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar.

2004 yilda tarix fanlari doktori D.Bobojonova professorlik, 2007 yilda S.Mahkamov ilmiy unvoniga, 2007 yilda N.Jo‘rayeva, 2009 yilda N.Bobojonovalar dosentlik lavozimiga ega bo‘ldilar. D.Bobojonova 7 nafar fan nomzodi yetishtirgan va yana ko‘plab tadqiqotchilarga ilmiy rahbarlik qilmoqda.

Kafedrada o‘qitilgan “O‘zbekiston tarixi”, “Huquqshunoslik. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasini o‘rganish” “Milliy g‘oya” fanlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari va boshqa hujjatlar hamda davlat standartlari talablari asosida tuzilgan Namunaviy va ishchi dasturlari asosida tuzilgan. Bugungi kunda o‘qitilayotgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan ishchi dastur mavjud. Kafedrada faoliyat yuritayotgan 15 nafar professor-o‘qituvchilar (3 nafar ichki va 1 nafar tashqi o‘rindosh) mazkur fandan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.

Professor-o‘qituvchilardan 2 nafar - D.B. Bobojonova fan doktori, professor, A.Hazratqulov fan doktori, dosent; 6 nafar - N.D.Djurayeva (professor v.b.), O.Masaliyeva (dosent), I.Toshmatov falsafa fanlari nomzodi (dosent), B.Isoqov (dosent), N.A.Babadjanova (dosent), fan nomzodlari, 1 nafar - N.Toliboyeva tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD, dosent) hisoblanadi. Gʻ.Djumamuratov, O.Abdunazarov, M.Bazarova katta o‘qituvchi, D.Salayev o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, kafedrada joriy o‘quv yilida 2 nafar fan nomzodi, dosent – D.Muitov, G.Umarova; 1 nafar o‘qituvchi – A.Namozov o‘rindosh sifatida faoliyat yuritmoqda.

Kafedra bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha DTSlar, o‘quv rejalari va namunaviy dasturlar bilan ta’minlangan.

Kafedra a’zolarining asosiy qismini yoshlar tashkil etadi. Hozirda ulardan N.Djurayeva, O.Masaliyeva, B.Isoqov, N.Babadjanova, N.Toliboyeva doktorlik dissertasiyalari ustida ish olib bormoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish, ma’ruza matni  va o‘quv-uslubiy majmua tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Universitet Axborot-resurs markazida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha adabiyotlar yetarli va to‘liq ta’minlangan.

Kafedrada ilmiy-uslubiy ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2021-2022 yillar uchun tuzilgan ilmiy-uslubiy ishlar rejasi mavjud. Ilmiy va uslubiy ishlar “O‘zbekiston tarixining jahon sivilizasiyasidagi o‘rni”, “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar”, “O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar munosabatlar”, “O‘zbekistonda demografik jarayonlar” nomli kafedraning umumiy mavzularidan kelib chiqib tashkil qilingan.

Kafedrada t.f.d., professor D.B.Bobojonova («O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar» nomli qo‘llanma, “O‘zbekistonda ma’naviy va ma’rifiy tiklanish va ta’lim tizimidagi islohotlar” nomli o‘quv qo‘llanma), t.f.n., dosent N.D.Djurayeva (“O‘zbekistonda xotin-qizlarga munosabat” va “O‘zbekiston tarixida xotin-qizlarning ijtimoiy mavqei” nomli o‘quv qo‘llanma, “Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda yuritgan siyosati, uning mohiyati va oqibatlari (XX asrning 20-30 –yillarida xotin-qizlarga munosabat misolida)” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma) va t.f.n. O.Masaliyeva (“O‘zbekistonda ijtimoiy ish tarixi” nomli o‘quv qo‘llanma, “Ilmiy-tadqiqot usullari va ularning tahlili” uslubiy qo‘llanma)larning o‘quv-uslubiy ishlaridan kafedra a’zolari o‘zlarining pedagogik faoliyatlari davomida samarali foydalanib kelmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari ta’lim-tarbiya ishini ilmiy-tadqiqot ishi bilan uzviy bog‘lagan holda  olib bormoqdalar. Ular tomonidan so‘nggi yillarda o‘quv qo‘llanmalari va risolalar, ko‘plab ilmiy maqola va tezislar chop etildi. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan respublika ilmiy jurnallarida, xalqaro konferensiyalarda, respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida va universitet miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari O‘zMU huzuridagi mintaqaviy malaka oshirish markazida o‘z malakalarini malakalarini oshirib kelmoqdalar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedra a’zolari tomonidan talabalarni Vatanga muhabbat ruhida, yuksak ma’naviyatli shaxs etib tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb masalalarni o‘zida ifodalagan holda olib borilmoqda.

Kafedra a’zolari qator jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqda, xususan, kafedra mudiri, t.f.n., dosent N.D.Djurayeva universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, t.f.d., prof.D.Bobojonova universitet Ota-onalar kengashi raisi sifatida ta’lim-tarbiya ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Shuningdek, D.Bobojonova, N.Djurayeva, N.Toliboyevalar O‘zbekiston tarixi telekanalidagi “Tarixiy savol”, “Mavzu” kabi teleko‘rsatuvlarda ham faol qatnashib keladilar.

Umuman, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi  a’zolari universitetda olib borilayotgan ta’lim sifatini  oshirish, o‘quv-tarbiya, ilmiy-uslubiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish jarayonida faol qatnashmoqda. Biroq, hali oldinda  qilinishi lozim bo‘lgan va o‘z yechimini kutayotgan muhim va dolzarb  masalalar  turibdi. Ularni amalga oshirishda kafedraning har bir a’zosi astoydil mehnat qilishi, o‘z ustida muttasil izlanishlar olib borishi, bajarayotgan ishiga nisbatan mas’uliyat his qilishi talab etiladi.  Aytish mumkinki, ushbu yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun kafedra a’zolarining imkoniyatlari yetarli va ular bu imkoniyatlardan unumli foydalanadilar.

 

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube