Angren fakulteti

Angren fakulteti

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 667-sonli “Toshkent viloyatining Angren shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va universitet Kuzatuv kengashining 2024-yil 18-oktyabrdagi 4-son bayoniga muvofiq Universitet tasarrufida Angren fakulteti tashkil etildi. Fakultetda 3 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha jami 154 ta qabul kvotasi ajratilgan. 1500 oʻrinli oʻquv va 600 oʻrinli talabalar turar joyi binolarining 90 foizi toʻliq taʼmirlangan.

Hozirda Angren fakultetida 1 ta kafedra, ya’ni Umumiy fanlar kafedrasi faoliyat yuritib, unda 24 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 3 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga, 2 nafari dotsent ilmiy unvoniga ega. Fakultetda taʼlim sifatini oshirish, talabalarga zamonaviy bilim va koʻnikmalar berish hamda oʻquv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida kafedra faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Dekan:
Bazarov Ixtiyor Raxmatullayevich

E-mail: rbozorov@gmail.com

Fakultet tasarrufidagi kafedra:
Umumiy fanlar kafedrasi

Professor-oʻqituvchilar tarkibi:
Jami: 24 nafar
PhD ilmiy darajasiga ega: 3 nafar
Dotsent: 2 nafar
Ichki oʻrindosh: 2 nafar
Tashqi oʻrindosh: 1 nafar

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube