“Filologiya masalalari” ilmiy metodik jurnali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti muassisligidagi “Filologiya masalalari” ilmiy-uslubiy jurnali 2002-yildan boshlab bir yilda toʻrt marotaba e’lon qilinadi (19.12.2002-y., Guvohnoma № 80 bosma nashr sifatida); 02.02.2007-yil qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi (Guvohnoma № 0222). 2007-yil 25-aprelda Parijda ISSN International Centre tomonidan ISSN:1994-4233 raqamli xalqaro sertifikat taqdim etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 20-martdagi № 214/2-sonli qaroriga asosan “Filologiya masalalari” ilmiy-metodik jurnali 10.00.00 – Filologiya fanlari yoʻnalishi boʻyicha doktorlik dissertatsiya natijalarini chop etish uchun moʻljallangan yetakchi ilmiy jurnallar qatoriga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2015-yil 22-dekabrdagi № 219/5-sonli qaroriga asosan “Filologiya masalalari” ilmiy-metodik jurnali 13.00.00 – Pedagogika fanlari yoʻnalishi boʻyicha doktorlik dissertatsiya natijalarini chop etish uchun moʻljallangan yetakchi ilmiy jurnallar qatoriga kiritildi.
2019-yildan boshlab Amerika Qo‘shma Shtatlarining xalqaro Digital Object Identifiers (DOI) fondi tomonidan ro‘yxatga olindi va jurnalda e’lon qilinadigan har bir maqola uchun maxsus DOI: 10.36078 raqami berildi.
2019-yil xalqaro ma’lumotlar bazasi hisoblanuvchi Scientific Journal Impact Factor (SJIF) tomonidan 7.593 impakt faktor taqdim etildi.
2020-yil 14-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan elektron jurnal sifatida ro‘yxatga olindi (Guvohnoma № 1089) va E-ISSN:2181-1237 elektron sertifikat taqdim etildi.
2020-yil xalqaro ma’lumotlar bazasi hisoblanuvchi Scientific Journal Impact Factor(SJIF) tomonidan 7.151 impakt faktor taqdim etildi.
OAK Rayosatining 2020-yil 30-iyuldagi 283/7.1-son qaroriga asosan jurnalda ingliz tilida chop etilgan maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga tenglashtirildi.
2021-yil 25-yanvarda xalqaro Directory of Research Journals Indexing (DRJI) ilmiy bazasida indekslandi.
2021-yil 22-oktabrda xalqaro Advanced Sciences Index (ASI) ilmiy bazasida indekslandi.
2021-yilda xalqaro ma’lumotlar bazasi hisoblanuvchi Scientific Journal Impact Factor (SJIF) tomonidan 6.069 impakt faktor taqdim etildi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2022-yil 20-iyundagi №-179-sonli buyrugʻiga asosan “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnalida e’lon qilinadigan maqolalarni antiplagiat dasturida muntazam tekshirish tartibi joriy etildi.