O'zDJTU xodimlari va bitiruvchi talabalari MDIS tomonidan tashkil etilgan Karyera forumida ishtirok etdi

27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xodimlari hamda bitiruvchi talabalari Toshkent shahridagi Singapur Menejmentini Rivojlantirish Instituti (MDIS) tomonidan tashkil etilgan Karyera forumida qatnashdilar.

Tashrif davomida delegatsiya xorijiy va mahalliy universitetlar faoliyati, o‘quv jarayonidagi zamonaviy yondashuvlar, talabalar uchun yaratilgan qulay infratuzilma, amaliyot imkoniyatlari va xalqaro ta’lim dasturlari bilan batafsil tanishdi. Forum doirasida oliygohlar vakillari tomonidan tashkil etilgan prezentatsiyalar talabalarga xorijiy ta’lim tizimidagi yangiliklar, talabalarning global mehnat bozoriga moslashuvi va malaka oshirish imkoniyatlari haqida keng ma’lumot berdi.

Mazkur tashrif bitiruvchi talabalar uchun xalqaro ta’lim muhiti bilan yaqindan tanishish, o‘zlarining kelajak kasbiy rivojlanish rejalari bo‘yicha muhim ma’lumotlar olish imkonini berdi.

   

 

Talabalar salohiyati – kelajak poydevori: “TalabaExpo – 2025”da O‘zDJTU bitiruvchilari ishtirok etmoqda

21-may kuni bo‘lib o‘tgan “TalabaExpo – 2025” kasb ko‘rgazmasining ikkinchi kuni yoshlarga zamonaviy mehnat bozori talablari, startap tashabbuslar va biznes g‘oyalarni ilgari surish borasida ko‘plab foydali ma’lumotlar taqdim etdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bitiruvchi talabalari ham ko‘rgazma doirasidagi seminar va uchrashuvlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitishga harakat qilishdi.

Tadbir davomida yoshlarga startaplarni ishga tushirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi bu yo‘nalishga qiziquvchi bitiruvchilar uchun qo‘shimcha turtki bo‘ldi.

“TXT GROUP”, “SHUKRON CITY” va “USTOZ MEDIA” kompaniyalari asoschilari bilan o‘tkazilgan motivatsion uchrashuvlar esa ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirkorlar yoshlarga o‘z hayotiy saboqlari, ishbilarmonlikdagi muhim bosqichlar haqida so‘zlab, faol va tashabbuskor bo‘lishga undashdi.

“TalabaExpo – 2025” – yoshlarga nafaqat bilim, balki ishonch va ilhom bag‘ishlaydigan muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

    

 

“TalabaExpo–2025” – Kasb tanlash sari ishonchli qadam!

2025-yil 21–23-may kunlari Toshkent shahridagi “Talabalar shaharchasi” hududida o‘tkazilgan “TalabaExpo–2025” kasblar ko‘rgazmasi yoshlar uchun katta imkoniyatlar maydoniga aylandi. Mazkur ko‘rgazmada Xalqaro jurnalistika fakultetining bitiruvchi talabalari ham faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishdi, turli tashkilotlar vakillari bilan muloqot olib borishdi.

Tadbirda 700 dan ortiq yirik mahalliy va xorijiy korxonalar, davlat va nodavlat tashkilotlari ishtirok etdi. Ular tomonidan turli sohalar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, malaka oshirish va stajirovka imkoniyatlari taqdim etildi.

“TalabaExpo–2025” nafaqat kasb tanlashda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi loyiha, balki yoshlarga o‘zini namoyon qilish, mutaxassislar bilan bevosita muloqotda bo‘lish, o‘z savollariga javob topish va kelajakdagi faoliyati uchun muhim qarorlar qabul qilish imkonini berdi.

   

   

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

13-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtadinov ochib berdi. Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Xoshimov Elmurod Abdusattorovich ishtirok etdi.

Davra suhbatida talabalar uchun quyidagi faoliyatlar o‘tkazildi:
 • “O‘zmilliybank” AJ tizimidagi kredit mahsulotlari va startap loyihalarni taqdimoti, bo‘lim boshlig‘i Ostonov Bexruz tomonidan.
 • Talabalar uchun motivatsion biznes-trening va seminar-treninglar, jumladan karyera rivoji, shaxsiy brending, soft skills va professional tarmoqlarga qo‘shilish bo‘yicha “Invest book” MCHJ rahbari Ismoilova Dildora Sadriddinovna ishtirokida.
 • Tadbir oxirida savol-javoblar va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida bitiruvchi talabalar o‘z startap g‘oyalari, ilmiy izlanishlari va ijtimoiy tashabbuslarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarni ishga joylashuv, tadbirkorlik va kasbiy rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va tashabbuskorligini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

    

   

O‘zDJTUda Prokuror va yoshlar uchrashuvi 

29-sentabr kuni Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari U. Mamarajabov O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurib, universitet talabalari bilan “Prokuror va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sadiyev Valijon Alijonovich ochib berdi.

Tadbir davomida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni huquqbuzarliklardan ogoh etish, shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Shuningdek, tadbir davomida Oʻzmilliybank AJ PQ-61 “Kelajakka qadam” dasturi loyihasi gʻolibi deb topilgan talabalarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

    

   

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube