O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti magistratura bo'limi
Manzil: 100173, Toshkent sh., Kichik halqa yuli ko'chasi, G-9A mavzesi, 21 uy.
Tel.: +998712301283
Djusupov Nursultan Maxanbet uli – magistratura bo‘limi boshlig'i, filologiya fanlari doktori (DSc)
Xamraxanova Nasiba Nuriddinovna – magistratura bo'limi uslubchisi.
Abdurahimova Shahnoza Alisher qizi – magistratura bo'limi uslubchisi.
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida magistratura bosqichida ta'lim 1999 yildan boshlab yo'lga qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 10-sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora tadbirlari to'g'risida”gi 190-son qarorining 5-bandiga hamda O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2008 yil 18-fevraldagi 34-sonli buyrug'iga muvofiq O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshida magistratura bo'limi tashkil etildi.
Bugungi kunda magistratura bo'limi ikki shtat birligi asosida (bo'lim boshlig'i va uslubchi) faoliyat olib bormoqda.
Magistratura bo'limning maqsadi oliy ta'lim muassasasida kadrlar tayyorlash milliy modeli vazifalariga muvofiq mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi tendentsiyalaridan kelib chiqqan holda tegishli mutaxassislik bo'yicha kasbiy, huquqiy, pedagogik va psixologik bilimlarni chuqur o'zlashtirgan jamiyat, davlat va oila oldida mas'uliyatini tushungan yuqori malakali magistr-mutaxassislarning tayyorlanishini tashkil etishdan iborat.
Magistratura bo'limiga kafedralar va dekanatlar bilan birgalikda quyidagi vazifalar yuklatilgan:
• magistrlar tayyorlash bo'yicha o'quv jarayonini tashkil etish va ta'minlashga, ulardagi ta'lim va o'qitish sifatini nazorat qilishga ko'maklashish;
• o'quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishini ta'minlash;
• oliy ta'lim muassasalari barcha bo'linmalarining magistrlar tayyorlash bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
• magistrlarni o'qitish va ularning ishga joylashishi ustidan muntazam monitoringni amalga oshirish, magistrlar tayyorlash masalalarini muntazam ravishda tahlil qilish va ular yuzasidan hisobotlar tayyorlash.
Magistratura bo'limida ta'lim jarayoni O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”dagi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi 1875-sonli “Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi va 2013 yil 23 maydagi PQ-1971-sonli “O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish to'g'risida”gi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” hamda 2015 yil 2 martdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta'lim muassasalarida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish to'g'risida”gi 36-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida» 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrьdagi 824-son "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bilan bog'liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining buyruqlari, Hay'ati qarorlari, O'zDJTU rektorining buyruqlari, universitet Kengashi qarorlari hamda magistratura bo'limi Nizomi asosida tashkil etilgan.
O'zDJTU magistratura bitiruvchilari O'zbekiston Respublikasining umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim muassasalarida o'z mutaxassisligining munosib egalari sifatida faoliyat yuritmoqdalar. Bundan tashqari universitet magistratura bitiruvchilari davlat boshqaruv organlarida, xalqaro tashkilotlarda, turizm sohasi va bir qator vazirlik hamda idoralarda etuk malakali mutaxassis kadrlar sifatida o'zlarini ko'rsatib kelmoqdalar.
Magistratura bosqichida jami 19 ta mutaxassisliklar bo'yicha magistrlarni tayyorlash belgilanadigan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oshirililmoqda. Magistratura mutaxassisliklari quyidagi 13 ta universitet kafedralariga biriktirilgan:
№ |
Magistratura mutaxassisliklari |
Magistratura mutaxassisliklariga biriktirilgan kafedralar |
|
|
70230104 – Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti |
Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi |
|
|
70111801 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) |
Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi |
|
|
70230101 – Lingvistika: ingliz tili |
Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi |
|
|
70230101 – Lingvistika: nemis tili |
Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi |
|
|
70230101 – Lingvistika: fransuz tili |
Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi |
|
|
70230101 – Lingvistika: ispan tili |
Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi |
|
|
70230101– Lingvistika: rus tili |
Rus tili va o'qitish metodikasi kafedrasi |
|
|
70230101 – Lingvistik: xitoy tili |
Xitoy filologiyasi kafedrasi |
|
|
70230101 – Lingvistik: yapon tili |
Yapon filologiyasi kafedrasi |
|
|
70230101 – Lingvistika: koreys tili |
Koreys filologiyasi kafedrasi |
|
|
70230101 – Lingvistika: arab tili |
Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi |
|
|
70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili) |
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi |
|
|
70230202 – Sinxron tarjima (ingliz tili) |
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi |
|
|
70230203 – Badiyi tarjima (ingliz tili) |
Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi |
|
|
70230104 – Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti |
Rus adabiyoti va o'qitish metodikasi kafedrasi |
|
|
70111501– Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti |
Rus tili va o'qitish metodikasi kafedrasi |
|
|
70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (italyan tili) |
Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi |
|
|
70320102 – Xalqaro jurnalistika |
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi |
|
|
70320201 – Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar |
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi |
|