Marketing va talabalar amaliyot bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash borasidagi qaror va farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyruqlari hamda boshqa yuqori turuvchi organlarning ta’lim sohasidagi tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlariga asoslanib faoliyat yuritadi.
Bo‘limning maqsad va vazifalari quyidagilar:
“KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKASI
2024-yil 17-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talabalar bahori — 2024” an’anaviy festivali doirasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o'tkazildi.
Mehnat yarmarkasida universitetning asosiy buyurtmachi tashkilotlari 4 mingdan ortiq bo‘sh ish o’rinlari bilan ishtirok va tashkiloti haqida ko‘rgazmali, tarqatma materiallari orqali ma’lumot berishdi.
Mehnat yarmarkasining ochilish marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, hamkor tashkilotlar vakillari hamda universitet rahbariyati va bitiruvchi talabalar ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-avgustdagi 1506-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisida Nizom”ga muvofiq bugun OʻzDJTUda 2023-2024-oʻquv yili bitiruvchilari uchun 2023-yil 14-dekabr kuni “Bitiruvchilar yarmarkasi” tadbiri yuqori saviyada boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda universitet rektori I. Tuxtasinov, universitet rahbariyati vakillari, bitiruvchi talabalar va ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
VIDEO ROLIK: https://t.me/UzSWLU/13146
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 6-avgustdagi 1506-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan “Kadrlarni davlat granti asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchilarni tegishli sohalar bo‘yicha ish bilan bandligini ta’minlash, ish beruvchi korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida ish beruvchilarni jalb qilgan holda 2024-yil 29-mart kuni “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi yuqori saviyada o‘tkazildi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bo‘lim tomonidan Toshkent shahar Uchtepa tuman hokimligi qoshidagi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi vakillari, “Teach for Uzbekistan”, “Zuma pharm”, “Artel” kompaniyasi, Tashqi ishlar migratsiyasi, Toshkent shahar Uchtepa tuman mahalla faollari ishtirokida bitiruvchilar uchun tashkil etilgan “Mehnat yarmarkasi” da 50 nafardan ortiq talabalar ishlash uchun tegishli shartnomalar imzolashga erishdilar.
Bog'lanish