1-dekabr kuni O‘zDJTU Kengaytirilgan kafedra kengashida Yetakchi tashkilot tomonidan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tadqiqotchi Raxmatullayeva Umida Xomidovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Noverbal muloqot vositalarining gender tahlili (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

 

 

Muhokama jarayonida tadqiqotchi mavzu doirasida amalga oshirgan ilmiy izlanishlari, ularning dolzarbligi va ilmiy yangiliklari haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi. Ilmiy seminar a’zolarining savollariga asosli va mukammal javoblar berildi.

Dastur yakunida dissertatsiya ishi ochiq himoyaga tavsiya etildi, bu esa tadqiqotning ilmiy ahamiyati va dolzarbligini yana bir bor tasdiqladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube