12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakultetining 1-bosqich talabalari “Xalqaro koʻzi ojizlar kuni” munosabati bilan ko‘zi ojizlar yotoqxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchisi Otamurodova Yaxshigul Farxodovna rahbarligida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida 74 yoshli otaxon talabalarga hayot yo‘li va ustozlik faoliyati haqida so‘zlab, ularni mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga, ne’matlarning qadriga yetishga va yuksak marralarni zabt etishga da’vat etdi.
Suhbat yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda keyingi safar yana tashrif buyurish istagini bildirishdi.