18-NOYABR — ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROĞI QABUL QILINGAN KUN!
Har yili 18-noyabr sanasi mamlakatimiz hayotida muhim va faxrli kun sifatida nişonlanadi. Davlat bayroğimiz — mustaqilligimiz, milliy özligimiz, xalqimizning birdamligi va Vatanimizga bölgan yuksak muhabbatimiz timsolidir.
Uşbu qutluğ sana munosabati bilan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti tyutorlari talabalarni bayramona ruhda, kötarinki kayfiyat va samimiy tabassum bilan kutib oldilar.
Tadbir davomida talabalarga Davlat bayroğimizning mazmun-mohiyati, undagi ranglar va ramzlarning ma’nosi, şuningdek, uni qadrlaş va hurmat qiliş har bir fuqaroning muqaddas burçi ekanligi yana bir bor eslatildi.
Zero, bayroğimiz — qalbimizdagi Vatan tuyğusi, faxr va iftixorimiz ifodasidir!
Bayroğimiz hamişa balandlarda hilpirab, yurtimiz osmoni musaffo, xalqimiz hayoti tinç va farovon bölsin!
2026-11-19 03-46