2025-yil 26-aprel kuni Indoneziya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Gunadarma Universitetida “Ta’limda til va muloqot” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

 


Mazkur seminar doirasida tilshunoslik, psixolingvistika, pragmatika va pedagogika kabi muhim ilmiy yo‘nalishlar kesimida dolzarb muammolar, mavjud tendensiyalar hamda ularning yechimlariga oid masalalar keng qamrovda muhokama qilindi. Tadbirda xalqaro miqyosdagi taniqli olimlar, tajribali professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar o‘z ilmiy qarashlari va amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

 

 

Seminarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi o‘qituvchilari — Bobojonova Zarina Rashidovna hamda Jumayeva Sadbarg Mirolimova ham faol ishtirok etdilar.

 


Ular o‘zlarining ilmiy asoslangan va amaliy tajribaga boy taqdimotlari orqali seminar tinglovchilari e’tiborini qozondilar.

 

 

Taqdimot davomida zamonaviy til o‘qitish metodologiyasidagi yangiliklar, talabalarning kommunikativ ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar va madaniy tafovutlarni inobatga olgan holda samarali til o‘rgatish uslublari haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar berildi.

 


Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, mavzular yuzasidan ilmiy fikr almashildi.
Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy seminar nafaqat ilmiy bilim almashuv maydoniga, balki ta’limda yangi yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni o‘zaro muhokama qilish imkoniyatiga ham xizmat qildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube