2026-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Avezimbetovich Sharipov  bilan “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida o‘tkazilishi belgilanganligi munosabati bilan tashkil etildi. Universitetda bu tturdagi tadbir har hafta payshanba kunlari muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ochib, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yoshlar sportini qo'llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

Vazir Kongratbay Avezimbetovich Sharipov uchrashuv davomida Yoshlarga oid davlat siyosati, sportni rivojlantirish, kelajak kasblari, xorijiy tillarni o'rganish ahamiyati, ta'limning amaliyot bilan integratsiyasi, yoshlarga yaratilgan sharoitlar va ulardan samarali foydalanish masalalari xususida batafsil to‘xtaldi. Shuningdek, davlat grantlari, xalqaro stipendiya dasturlari, ilmiy loyihalar uchun ajratilayotgan mablag‘lar hamda xorijda ta’lim olish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tdi: talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar va vazirdan atroflicha javob oldilar.

Uchrashuv talaba-yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy va akademik faoliyatga rag‘batlantirish hamda kelajak rejalari ustida puxta o‘ylashga undashi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube