26-noyabr kuni O‘zDJTUda “Quvnoqlar va zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik-tanlovining yarim finali boshlandi
Yarim finalning birinchi guruhida jamoalar o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Ko‘rik-tanlov shartlari 3 bosqichdan iborat bo‘lib, quyidagi jamoalar ishtirok etdi:
-2-Ingliz tili fakulteti “Jo’ralar” jamoasi
-3-Ingliz tili fakulteti “Tuf-Tuf ko‘z tegmasin” jamoasi
-Filologiya fakulteti “Milliard” jamoasi
-Rus filologiyasi fakulteti “Admiral” jamoasi

Chiqishlar hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholandi. Tanlov natijasida ikki jamoa finalga yo‘llanma oldi:
1-o‘rin: “Milliard” jamoasi (Filologiya fakulteti)
2-o‘rin: “Jo’ralar” jamoasi (Ingliz tili Ikkinchi fakulteti)
Ko‘rik-tanlov ertaga ham davom etadi.
