28-yanvar kuni 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti tashkil etildi
Mashg‘ulot Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi.
Mazkur mashg‘ulot “Solve the Classroom Mystery” mavzusiga bag‘ishlanib, o‘quvchilarning dars jarayonidagi faolligini oshirishga qaratildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar sinfda yuzaga kelgan sirli vaziyatni hal etish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirdilar, muammo yechimiga doir fikr va takliflarini ingliz tilida ifodalashni mashq qildilar hamda jamoa bilan ishlash va hamkorlik madaniyatini mustahkamlashdi. Shu bilan birga, tanqidiy va ijodiy fikrlashga yo‘naltirilgan topshiriqlar o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mashg‘ulotda “Shall I…? / Shall we…?” grammatik mavzusi taklif va yordam bildirish misollarida tushuntirildi. O‘quvchilar ushbu grammatik tuzilmalar asosida muammoni birgalikda hal etishga doir gaplar tuzib, bilimlarini amaliy mashqlar orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.