23-fevral kuni 283-umumta’lim maktabida ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

Mashg‘ulot O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Mannonova rahbarligida, 4-bosqich talabalari S. Boynazarova va N. Rustamova tomonidan olib borildi.

 

 

Mazkur mashg‘ulot “Mental Health and Relaxation” mavzusiga bag‘ishlandi. Dars jarayonida o‘quvchilar:
ruhiy salomatlik va dam olish usullari haqida yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar;
stressni kamaytirish bo‘yicha ingliz tilida fikr almashdilar;
o‘qib va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirdilar;
sog‘lom ruhiy holatning kundalik hayotdagi ahamiyati haqida o‘z qarashlarini bildirdilar.

Shuningdek, Past Simple (irregular verbs) grammatik mavzusi tushuntirildi. O‘quvchilar tartibsiz fe’llarning o‘tgan zamon shakllarini amaliy mashqlar orqali takrorladilar (masalan: go–went, have–had, see–saw, feel–felt). Ushbu fe’llar mavzu doirasidagi gaplarda qo‘llanilib, nutqiy faoliyat bilan uyg‘unlashtirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube