5-fevral kunining ikkinchi yarmida Malayziya taʼlim sifati akkreditatsiya agentligiga tashrif buyurildi.

Agentlik direktori Shatar Sabran va OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari ishtirokida oliy ta’lim muassalarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha muzokara boʻlib oʻtdi. 

 

 

Ma’lumot uchun: Mazkur agentlik Malayziyadagi barcha davlat va nodavlat OTMlarini akkreditatsiyadan oʼtkazadi va 5 yil muddatga taʼlim sifatini kafolatlash sertifikatini beradi. Agentlik nafaqat Malayziya, balki boshqa davlat OTMlarini ham akkreditatsiyadan oʻtkazib kelmoqda. 

 

 

Uchrashuv davomida OʼzDJTU rektori va delegatsiya aʼzolarining savollariga javoban agentlik rahbari xalqaro akkreditatsiyadan oʼtish shartlarini batafsil tushuntirib berdi. Unga koʼra, taʼlim sifatiga qoʼyiladigan talablar, oʼquv dasturlari mazmuni, oʼquv jaryonining xalqaro talablar darajasida yoʼlga qoʼyilganligi, mahalliy akkreditatsiyadan oʼtganligi, oʼqituvchilar ilmiy salohiyati, universitetning xalqarolashuv talablariga javob berishi, talabalarning mobillik, chet ellik talabalar kabi yoʼnalishlarga eʼtibor qaratilishi bayon etildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube