5-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda universitet rahbariyat vakillari, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva hamda talabalar ishtirok etdi. Mazkur davra suhbatini Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov ochib berdi.
Mutaxassislar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni majburiy mehnatga jalb etilishining salbiy oqibatlari, bunday holatlarning oldini olish zarurligi, ayniqsa, og‘ir turdagi mehnat jarayonlariga bolalarni majburan jalb etish holatlariga barham berish va bu borada yoshlar, ota-onalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etilayotganligi haqida tushunchalar berib o‘tdi.
Tadbirda mutaxassis sifatida ishtirok etgan Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi M.T.Eraliyeva talabalarga majburiy mehnatga jalb etilishning salbiy oqibatlari va bunday holatlarning oldini olish zarurligi to‘g‘risida huquqiy tushunchalar berib o‘tdi.