6-may kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi tomonidan respublika talabalari ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

“Ilm-fan va ta’limda metodik-kompetentlik, tarjima va ilmiy tadqiqotlarning dolzarb masalalari” mavzusidagi konferensiyani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi va universitetimizda talabalarning bilim olishlari, ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishlari, startap loyihalarda ishtirok etishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Fakultet dekani Yusufjon Azzamov talabalarni ilmiy faoliyatga faol jalb qilish maqsadida tashkil etilgan ilmiy to‘garaklar, ustoz-shogird tizimi, nomdor stipendiyalarga nomzodlarni saralash bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdi.

Anjuman doirasida so‘zga chiqqanlar ilm-fan, ta’lim va metodik innovatsiyalar sohasida talabalar faolligini oshirish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, chet tillarini o‘qitish bo‘yicha yangi innovatsion g‘oya va tashabbuslar, badiiy tarjima amaliyoti bo‘yicha o‘z tajribalarini taqdimotlarda bayon etishdi.

Konferensiya yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga sertifikatlar berildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube