8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan O‘zDJTUda tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan keng qamrovli bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir mehmonlarni kutib olish va Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlandi. Shundan so‘ng Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan videorolik namoyish qilindi.

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ch. M. Chutpulatov ochib berib, Konstitutsiyaning mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi ahamiyati hamda yoshlar huquqiy madaniyatini yuksaltirish zarurligini ta’kidladi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i, polkovnik, yuridik fanlari doktori A. A. Maxmudov, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i, polkovnik R. T. Saidov hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti kafedra boshlig‘i, podpolkovnik, professor F. F. Xatamov ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Ular Konstitutsiyaning demokratik tamoyillari, amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar va jamiyatda adolat hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdilar.

Shuningdek, O‘zDJTU professori N. Q. Jo‘rayev Konstitutsiyaning ilmiy-huquqiy asoslari, yangi tahrirdagi o‘zgarishlar va ularning amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berdi.

Tadbirning badiiy qismida milliy raqslar, “Siz Konstitutsiyani bilasizmi?” nomli interaktiv dastur, sahna ko‘rinishlari hamda san’atkorlar chiqishlari ishtirokchilarga bayramona ruh bag‘ishladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube