Atoqli adiblarning haykallari poyida 2024-yil mart-iyun oylarida oliy taʼlim muasssalari tomonidan ommaviy sport musobaqalar (arqon tortish, armrestling va stol tennisi) sport turlari boʻyicha tadbirlarni tashkil etish reja-jadvaliga muvofiq Oʻzbekiston davlat jaon tillari universiteti tomonidan joriy yilning 26-mart kuni Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali oldida Ingliz tili birinchi fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovuni Atayev Gʻulom hamda jismoniy madaniyat va sport kafedrasi oʻqituvchisi Zikriyayev Xudayor boshchiligida fakultet talaba-yoshlari ishtirokida ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, talaba-yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

2024-05-10 03-36

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi