11-aprel kuni prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etishga bagʻishlangan yigʻilishda 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar 3 ta — “yaxshi”, “oʻrta” va “ahvoli ogʻir” toifalariga ajratilishi maʼlum qilingan edi. “Ahvoli ogʻir” toifadagi yoshlar vazir, vazir oʻrinbosarlari, viloyat, tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlari, oliygoh rektorlari, Milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga biriktirilishi taʼkidlangandi. 

Bugun OʻZDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va  hamda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Hamidullo Hakimov Sergeli va Uchtepa tumanidagi “qizil” toifadagi yoshlar bilan uchrashishdi. Ularni qanday muammolar qiynayotgani va qanday ehtiyoji borligi bilan qiziqdi. 4 nafar “ahvoli ogʻir” toifadagi yoshlarning uyiga borib, ularning ehtiyojidan kelib chiqib, 3 nafariga bir martalik moddiy yordam va 1 nafariga ustachilik asbob-uskunalarini berdi. Ayni yoshlarning ota-onalari bilan ham suhbatlashdi.

2023-10-14 05-39

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi