Bangladesh Mustaqillik kuni munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
26-mart kuni Bangladesh Xalq Respublikasining Mustaqillik kuni hamda Bengal xalqining Milliy bayrami munosabati bilan poytaxtimizdagi Hayyat Regency mehmonxonasining tadbirlar zalida yirik madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston va Bangladesh tashqi ishlar vazirlari, madaniyat va sport ishlari vazirlari, shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, taniqli ziyolilar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dan rektor, professor Ilxomjon Tuxtasinov, universitet huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Jamilya Rustamovna Abduganiyeva, universitet dotsenti, taniqli tarjimon Begoyim Xolbekova, shuningdek, ingliz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, professor Dildora Isroilova tadbirda faol qatnashdilar.
Tadbir doirasida ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, madaniy hamkorlikni rivojlantirish hamda xalqaro aloqalarni kengaytirishga qaratilgan fikr-mulohazalar bildirildi. Ushbu uchrashuv o‘zaro hurmat va hamkorlik tamoyillariga asoslangan aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.