Bugun O‘zDJTUda “Vazir kubogi” chim ustida xokkey musobaqasining finali bo‘lib o‘tmoqda

Final o‘yinda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) va Andijon davlat chet tillar universiteti (ADCHTI) jamoalari kuch sinashmoqda. Musobaqada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, O‘zDJTU rektori va boshqa mehmonlar ham bevosita ishtirok etib, o‘yinni  kuzatib bormoqda.

Talabalar o‘z tezkor fikrlashi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalari va strategik harakatlarini namoyish qilmoqda. Musobaqa tomoshabinlar uchun qiziqarli va shiddatli kechmoqda, barcha jamoalar imkoniyatlarini maksimal darajada ishga solmoqda. 

Yakuniy natijalar musobaqa tugagach e’lon qilinadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube