30-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy aspektlar №3 kafedrasi professor-o‘qituvchilari Safarova Zarina va Xujaniyazova Hilola tomonidan Chilonzor tumanidagi 195-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida (IDUM) “O‘quvchilarga motivatsiya berish va ularni stressdan chiqarish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ichki motivatsiyasini kuchaytirish hamda psixologik zo‘riqish va stressni yengib o‘tishda amaliy ko‘mak berishdan iborat bo‘ldi. Mashg‘ulotlar davomida ijobiy fikrlashni shakllantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash va hissiy holatni boshqarish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Interaktiv mashg‘ulotlar, savol-javoblar va ochiq muloqotlar orqali o‘quvchilar jarayonga faol jalb etildi, ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil izohlar taqdim etildi.
Tadbir yakunida faol qatnashgan o‘quvchilarga kitoblar va tashakkurnomalar topshirildi. Bu rag‘bat ularning o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi va faolligini yanada kuchaytirdi.