21-oktabr kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida g’olib bo’lgan bakalavr, magistr talabalari hamda doktorantlar bilan suhbat o’tkazildi.

Uchrashuvda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektor A.Nasirov, oliygoh mas’ullari hamda sovrindor talabalar ishtirok etdi. 

Dastur avvalida rektor Ilxomjon Madaminovich so’zga chiqib, g‘olib deb e’tirof etilgan talabalarni chin yurakdan tabrikladi, ular bilan kelajakda kerak bo’ladigan nazariy bilimlar, amaliy maslahatlar va ilmiy yo’nalishdagi tajribalarini bo’lishdi. 

Tadbir davomida g’olib talabalardan Xasanov Jahongir, Ikromjonova Nazokatxon va Rustamova Yulduz kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ilmiy ish rejalari bilan qatnashuvchilarni tanishtirib, universitet rahbariyatiga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube