Dissertatsiya ishi ilmiy seminar doirasida muhokama qilindi
Oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali Soxibova O‘g‘iloy Nuraliyevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ingliz adabiyotining neoromantizm kontekstida Robert Luis Stivenson ijodi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi ilmiy seminar yig‘ilishida muhokama qilindi.
Muhokama davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy va amaliy ahamiyati, metodologik yondashuvlari hamda erishilgan ilmiy natijalar yuzasidan seminar ishtirokchilari tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, dissertatsiya muallifi berilgan savollarga batafsil javob berib, tadqiqotning asosiy jihatlari yuzasidan izohlar berdi.
Seminar yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, belgilangan tartibda navbatdagi ilmiy bosqichga tavsiya etildi.
2026-08-03 10-45