Dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi 2026-yil 19-avgust, soat 12:00 da
oflayn va ZOOM onlayn platforma orqali bo‘lib o‘tadi
Kun tartibi:
Sotiboldiyeva Gulcharos Murat qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Badiiy matn tarjimasida leksik transformatsiyalarning kommunikativ xususiyatlari (ingliz tilidan o‘zbek tiliga badiiy tarjimalar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi.
Ilmiy rahbar
Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Taqrizchilar:
Odilova Gulnoza Komiljonovna- filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Teshabayeva Ziyoda Qodirovna - filologiya fanlari doktori (DSc), professor