Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2-iyun kuni universitetda Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi o‘tkazildi.

Muhokama davomida Muxamedova Nigora Abdulxayevnaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Ingliz va rus tillarida noqat’iy bayonotlarni verbalizatsiyalashtirishning kommunikativ va pragmatik jihati” mavzusidagi dissertatsiya ishi ko‘rib chiqildi.

Ilmiy muhokamada dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha taqrizchilar hamda ekspert tomonidan tegishli tavsiya va mulohazalar bildirildi.

Muhokama yakunida dissertatsiya ishi bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalar qabul qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube