Dissertatsiya muhokamasi bo‘lib o‘tdi

25-mart kuni soat 12:00 da Pulatova Dilrabo Dilshodovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (koreys tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Koreys tilini o‘qitishda filolog talabalarning lingvomadaniy kompetensiyasini shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muhokama oflayn shaklda hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etilib, unda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va soha mutaxassislari faol ishtirok etdi.

Muhokama jarayonida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati keng yoritildi. Ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savollar berilib, fikr va takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, uning keyingi bosqichga tavsiya etilishi qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube