DOKTORANTURA VA TAYANÇ DOKTORANTURAGA KIRIŞ IMTIHONLARI BÖLIB ÖTDI
Özbekiston davlat jahon tillari universitetida 2027-yil uçun doktorantura (DSc) va tayanç doktorantura (PhD)ga kiriş imtihonlari doirasida mutaxassislik fanlaridan imtihonlar bölib ötdi.
Jumladan, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotşunoslik va tarjimaşunoslik ixtisosligi böyiça doktorantura (DSc) hamda tayanç doktorantura (PhD), 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi ixtisosligi böyiça tayanç doktorantura (PhD), şuningdek, 10.00.13 – Qiyosiy va çoğiştirma tilşunoslik ixtisosligi böyiça tayanç doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga talabgorlar mutaxassislik fanlaridan imtihon topşirdilar.
Imtihon jarayonlarida talabgorlarning tanlagan ilmiy yönalişlari böyiça bilim va salohiyati, ilmiy-tadqiqot olib boriş könikmalari hamda nazariy tayyorgarligi baholandi.
Imtihon natijalari tez orada universitetning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilinadi.
2026-11-24 10-28