“Dolzarb 90 kun” doirasida qisqa muddatli kurslar davom etmoqda
Joriy yilning 17-iyul kuni O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida tashkil etilgan “Ilmiy innovatsion faoliyat: tadqiqot, nashr, akademik yozuv hamda ilmiy loyiha integratsiyasi” nomli qisqa muddatli kursning navbatdagi kuni bo‘lib o‘tdi.
Kursning uchinchi kuni “Ixtisoslik fanlari va chet tillari bo‘yicha malakaviy imtihonlarga kompleks tayyorgarlik” moduliga bag‘ishlanib, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich tomonidan ilmiy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot davomida tinglovchilarga malakaviy imtihonlarning mazmun-mohiyati, baholash mezonlari va savol-javob bosqichlari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar amaliy topshiriqlar bajarib, malakaviy imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda ilmiy adabiyotlardan samarali foydalanish, savol-javob shaklida ilmiy fikr yuritish va dalillash ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Qisqa muddatli kurs keyingi modullar asosida davom etib, ilmiy izlanuvchilar va pedagog kadrlarning ilmiy kompetensiyalarini takomillashtirishga qaratilmoqda.