“Dolzarb 90 kun” doirasidagi dasturlar davom etmoqda

2025-yil 24-iyul kuni OʻzDJTU O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsentlari N. Toliboyeva va B. Isakov tomonidan “O'zbekistonning tarixiy obidalariga virtual sayohat” mavzusida talabalar bilan davra suhbati o'tkazildi.

ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan dasturdan ko'zlangan maqsad:
- Yoshlar ongida boy tarixiy merosimizdan faxrlanish tuyg'usini shakllantirish;
- Ulardagi vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlash;
- Talabalarga Vatanimizning turli tarixiy obidalari haqida ma'lumot berish;
- Yoshlarda mustaqil ravishda yurtimizning tarixiy obidalariga virtual sayohat qilish ko'nikmasini shakllantirishdan iborat bo'ldi.

Mazkur suhbat talabalarning Vatanimiz tarixiga bo'lgan qiziqishini yanada oshirish hamda ajdodlarimiz yaratgan moddiy merosdan g'ururlanish tuyg'usini shakllantirishga xizmat qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube